444

Indiana universiteti professori Akademiyada mehmon bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Indiana universiteti Antropologiya, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq fanlari bo‘yicha professori, tarix fanlari doktori Nazif Shahroniy bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan “Qur’on antropologiyasi xususida ba’zi mulohazalar” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov ochib berdi. Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Nazif Shahroniy Qur’onni shunchaki o‘rganish, yodlash emas, balki uni his qilish, anglash lozimligini ta’kidladi. O‘zining yillar mobaynida to‘plagan boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Mazmunli o‘tgan muloqotda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan olimga murojaat qilishdi.

Davra suhbatidan so‘ng Nazif Shahroniy “Manbalar xazinasi” bo‘limidagi noyob qo‘lyozmalarni ko‘zdan kechirarkan, mazkur manbalar unda katta taassurot qoldirganini qayt etdi. Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayxovantahur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbalarini ziyorat qildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish