20

Buyuk Britaniyaning nufuzli ekspert va ilmiy doira vakillariga yurtimizdagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar haqida maʼlumot berildi

Oʻzbekistonning Londondagi elchixonasida yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar mavzusida taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Buyuk Britaniyaning nufuzli ekspert va ilmiy doira vakillari, vatandoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Buyuk Britaniya ilmiy jamoatchiligiga yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ilmiy markazlar, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi.

“Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar” mavzusida film namoyish etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan chop etilgan “Oʻzbekiston madaniy merosi durdonalari jahon toʻplamlarida” nomli albomlar toʻplami, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining yangi nashrlari, xususan, Imom Moturidiyning “Kitob at-Tavhid” asari taqdimoti hamda foto-koʻrgazma tashkil etildi.

Keyingi yillarda yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar Britaniya ilmiy jamoatchiligi tomonidan eʼtirof etilib, ilmiy markazlar va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qoʻlga kiritilgan natijalar katta qiziqish uygʻotdi. 

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarning “Yoshlarga nasihat”, “Fitna koʻz ilgʻamas xatar”, “Ixtilofli masalalar yechimi” kabi kitoblari taqdim etildi.  

Delegatsiya a’zolarining safari davom etmoqda.

Izoh qoldirish