40

Akademiya talabasi XVII – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasi sovrindori bo‘ldi

Tatariston Respublikasining Qozon shahridagi Rossiya Islom institutida BRIKS davlatlari vakillari ishtirokida XVII – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasi oʻtkazildi. 

Unda Rossiyaning 30 ga yaqin ta‘lim muassasalaridan, shuningdek, Hindiston, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlaridan tashrif buyurgan jami 100 ga yaqin talabalar musobaqada ishtirok etdilar.

Olimpiada “Islom huquqi (Hanafiy mazhabi)”, “Islom huquqi (Shofi’iy mazhabi)”, “Islom asoslari (Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, siyrat)” hamda “Arab tili va adabiyoti” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi.

Mazkur olimpiadada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari Doniyor Yo‘ldoshev, Fotima Botirova, Abdulbosit Ahmadjonov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra,  Islomshunoslik fakultetining 4-bosqich talabasi Doniyor Yo‘ldoshev “Arab tili va adabiyoti” yo‘nalishida faxrli 3-o‘rinni egalladi. 

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan Doniyor Yo‘ldoshovni mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Uning kelgusidagi o‘qish va ishlariga omad tilaydi.

Izoh qoldirish