23

Akademiya vakillari tomonidan Qozon federal universitetida seminar tashkil etildi

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining vakillaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti Mirodil Xaydarov tomonidan Qozon federal universiteti Xalqaro aloqalar institutida seminar tashkil etildi.

Akademiya dotsenti institutning Xalqaro turizm 4-bosqich talabalariga “O‘zbekiston va Rossiya islomshunos olimlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari: tarix va bugungi kun” mavzusida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng talabalarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida rus tilidagi video namoyish etildi.

Shundan so‘ng Akademiyaning Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich talabalari Doniyor Yuldoshev “Movarounnahr ulamolari”, Abdulbosit Ahmadjonov esa “Ziyorat turizmining yoshlar psixologiyasiga ta’siri” mavzusidagi ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Samimiy bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi ma’ruzalar institut talabalarida katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Izoh qoldirish