27

Ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi

Joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilgan Butunjahon diniy yetakchilari global sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov bir qator xorijlik hamkorlar bilan qator muzokaralar oʻtkazdi. 

Xususan, Ozarbayjon Respublikasi Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qoʻmitasi raisi Ramin Mamedov bilan uchrashuvda soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlik aloqalari yangi bosqichga koʻtarilgani, ozar xalqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yetakchiligidagi oʻzbek xalqining doʻstona munosabatini doim his qilishi, boshqa sohalar qatori diniy-maʼrifiy jabhada ham aloqalarni rivojlantirish oʻzaro manfaatli boʻlishi taʼkidlandi.

Uchrashuvda diniy soha xodimlari kasb-mahoratini oshirish, maxsus kurslar tashkil etish, mass-media va jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish kabi yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish bugungi kunda juda ham dolzarb ekani atroflicha muhokama qilindi.

Izoh qoldirish