14

Dolzarb masalaning hayotiy yechimi

Oʻzbekiston hududi ming yillar mobaynida ilm-fan oʻchogʻi boʻlib, tolibi ilmlarni oʻziga jalb etib kelgan. Bu hududda faoliyat koʻrsatgan koʻp sonli maktab va madrasalarda tabiiy fanlar bilan bir qatorda diniy ilmlar ham oʻrgatilgan. Bugungi kunda diniy maʼrifat masalasi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning din toʻgʻrisida toʻgʻri bilim va tushunchaga ega boʻlishi har doimgidan dolzarb mavzu sanaladi.

Joriy yilning 19-iyunida Prezident huzurida diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi masalalar koʻrib chiqildi. Unda qisqa muddat ichida Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha kompleks tizim yaratilgani, olimlarimizning boy merosini oʻrganish va ommalashtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat boshlagani, buyuk mutafakkirlarning asarlarini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng oʻrganish va targʻib qilish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Nigʻmonjon Azizov,

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori,

Firuz Rashidov, 

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi katta oʻqituvchisi

Manba: “Inson va qonun” gazetasi 2024-yil 5-noyabr, 44-son

Gazetani yuklab olish uchun

Izoh qoldirish