45

Turkiyaning Alaniya Aladdin Keykubat universiteti professori Kemal Kantarji Akademiya talabalariga ma’ruza qildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyaning Alaniya Aladdin Keykubat universiteti turizm fakulteti professori Kemal Kantarji ishtirokida Akademiyaning “Turizm (ziyorat turizmi)” yoʻnalishi 1-kurs talabalari uchun “Meros turizmi” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazildi.

Dars davomida Kemal Kantarji Akademiya rahbariyati va jamoasiga mazkur tadbir uchun minnatdorlik bildirib, turizm dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiyotining muhim elementiga aylanib borayotganini e’tirof etdi.

Shu bilan birga, ma’ruzada xalqaro turizmning eng yangi yo‘nalishlari va tendensiyalari yoritib berildi, xorijiy ekspert O‘zbekistonning turizm sohasini barqaror rivojlanish xususiyatlariga ijobiy baho berdi.

Yig‘ilganlarga yurtimiz tarixi, madaniyati, urf-odatlari, O‘zbekistonning turizm salohiyati, sayyohlik sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Oʻz navbatida mehmon Kemal Kantarji Akademiya rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, oʻzi haqida qisqacha maʼlumot berdi. Xususan, turizm yoʻnalishi boʻyicha 30 yillik tajribaga ega mutaxassis ekani, ayni vaqtda Turkiyaning Alanya Aladdin Keykubat universiteti turizm fakulteti professori sifatida talabalarga dars berib kelayotganini qayd etdi. 

Unda boy qadriyatlarini, obidalarini, hunarmandchiligini, urf-odat, anʼanalari, yaratuvchilik sanʼatini jahon xalqlariga yetkazishda milliy meros turizmini rivojlantirishda juda muhimligi, xususan, dunyoda mazkur meros turizmi boʻyicha 50% turistlar sayohat amalga oshirayotganini taʼkidladi. Bu soha boʻyicha dunyoda Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Turkiya, Italiya va Yaponiya kabi davlatlar peshqadam ekanligini qoʻshimcha qildi. Shuningdek, meros turizmining yana bir muhim aspektlariga toʻxtalib o‘tdi.  

Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollari bilan mehmonga murojaat etishdi. Kamol Kantarchi talabalarning savollariga batafsil javob berganidan soʻng, ularning ilmiy faoliyatiga omad tiladi, tinglovchilar esa oʻz navbatida maʼruzachiga minnatdorchiligini izhor etdi.

Yakunda mazmunli va foydali ma’ruza dars uchun Akademiya vakillari tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirildi.

Izoh qoldirish