46

AQSHning Janubiy Florida universiteti vakili bilan turizm sohasidagi hamkorlik aloqalari muhokama etildi

AQSHning Janubiy Florida universiteti Mehmonxona ishi va turizm menejmenti kolleji dotsenti va magistratura boʻlimi boshligʻi Fayzan Ali Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadiboqosev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanoqulov, kafedraning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

Mehmon Fayzan Ali Akademiya rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, Fayzan Ali tinglovchilarga Janubiy Florida universiteti haqida taqdimot asosida maʼlumot berdi. 

Universitet 1956-yilda davlat taʼlim muassasasi sifatida tashkil etilgani, Tampa koʻrfazi boʻylab 3 ta yirik kompusi mavjudligi, 50 mingdan ortiq talabalar tahsil olishi, ularning 10 % ni turli millat vakillari boʻlgan xorijiy talabalar qamrab olganini bildirdi. 

Shuningdek, universitet maʼmuriyati tomonidan magistratura bosqichida oʻqiyotgan talabalarni darsdan tashqari ishlashlari uchun imkoniyatlar yaratilinib berilgani, xususan, muassasa bilan hamkorlik qilayotgan nufuzli firmalardan biri talabaga oʻz sohasi boʻyicha 70 ming AQSH dollori qiymatidagi oylik maoshli ish taklif etganini qoʻshimcha qildi.

Tadbir davomida Fayzan Ali Oʻzbekistonda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar mavjudligini inobatga olib, turizm sohasida xorijiy turistlarni mamlakatga yanada koʻproq jalb etish uchun yetuk kadrlarga boʻlgan talab yuqoriligi boʻyicha fikr bildirdi.

Samimiy muloqot davomida rektor Uygʻun Gʻafurov mehmonni Akademiya tashrifi bilan qutlab, samimiy muloqot uchun minnatdorlik izhor etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatda turizm milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida etibor qaratilib uni rivojlantirishga, turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini koʻpaytirish chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bu yoʻnalishda ishlar izchil amalga oshirilinib kelinayotgani boʻyicha soʻz yuritdi. Shuningdek, kelgusida Janubiy Florida universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilishiga umid bildirdi.

Uchrashuv davomida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollari bilan mehmonga murojaat etishdi. Fayzan Ali talabalarning savollariga batafsil javob berganidan soʻng, ularning ilmiy faoliyatiga omad tiladi, tinglovchilar esa oʻz navbatida maʼruzachiga minnatdorchiligini izhor etdi.

Tashrif davomida mehmonga Akademiyadagi “Manbalar xazinasi” boʻlimida saqlanayotgan nodir qoʻlyozmalar bilan tanishtirildi.

Yakunda Fayzan Ali koʻrsatilgan iltifot va yuqori darajadagi mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Izoh qoldirish