40

Akademiya professori Birlashgan Arab Amirliklaridagi xalqaro xattotlik konferensiyasida ma’ruza qildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahridagi “Xattotlik va kitob bezagi” markazi tomonidan “Xattotlik va kitob bezagi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Aftondil Erkinov “Alisher Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlar” mavzusidagi maʼruzasi bilan qatnashdi.

Akademiya professori oʻz maʼruzasida keyingi yillarda Oʻzbekistonda qadimiy yozma manbalarni tadqiq etish, madaniy boyliklarni oʻrganish ishlaridagi islohotlar haqida soʻz yuritdi.

O‘z navbatida Xattotlik va kitob bezagi markazi direktori Esra Al-Xamal oʻz maʼruzasida Oʻzbekiston tarixida katta rol oʻynagan Amir Temur va temuriylar davrida xattotlik va kitob sanʼati yoʻnalishida ulkan ishlar amalga oshirilganini alohida taʼkidladi.

Konferensiya davomida ma’ruzachilar tomonidan xattotlik va kitob bezagi masalalariga oid maʼruzalar qilindi. Xattotlik va kitob bezagiga oid asarlar davomida mavjud boʻlib kelayotgan sanʼat turlarini bugungi kunda saqlab qolish va yangi shaklda davom ettirish lozimligi taʼkidlandi.

Izoh qoldirish