44

Malayziyada Imom Buxoriyga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Malayziyaning Islom madaniyati institutida “Imom Buxoriy ilmiy merosini oʻrganishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan tadbirda Malayziya milliy universiteti, Malayziya islom madaniyati instituti, Malayziya xalqaro islom universiteti, Zahra fondi, Malayziya xalq taʼlimi vazirligi, Qurʼon va sunnatni oʻrganish ilmiy-tadqiqot markazi, Malayziya islom ilmlari universiteti, Malayziya Utar universiteti, Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi rahbariyati, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, professor-oʻqituvchilar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Anjumanda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov “Globallashuv sharoitida hadislarning mazmunini toʻgʻri tushunish: muammo va yechimlar”, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Durbek Rahimjonov “Movarounnahr ulamolarining hadis ilmi rivojida tutgan oʻrni” mavzusida maʼruza qildilar. Shuningdek, Markaz tomonidan tayyorlangan “Kitob at-tavhid” asari zamonaviy nashrining taqdimoti ham oʻtkazildi.

Konferensiyada ishtirok etgan malayziyalik olim va mutaxassislar Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan allomalar, xususan, Imom Buxoriyning jahon ilm-fani va sivilizatsiya rivojiga qoʻshgan bebaho hissasini yuqori baholadilar.

Izoh qoldirish