1

Akademiya o‘qituvchisi Hindistonda yurtimiz haqida taqdimot qildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kamola Aripova Hindistonning Chennay shahrida joylashgan Milliy texnologiya o‘qituvchilarini tayyorlash va tadqiqot institutida qisqa muddatli stajirovka o‘tamoqda.

O‘quvlar davomida Akademiya o‘qituvchisi tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi haqida taqdimot qildi. Taqdimot davomida yurtimizda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tibor, yurtimizning urf-odatlari, qadriyatlari haqida ma’lumot berdi.

Izoh qoldirish