Oʻzaro hamkorlikning yangi ufqlari
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Yevroosiyoda Yaqin Sharq tadqiqotlari” mavzusida II xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi.
Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti hamda Y.M.Primakov nomidagi tashqi siyosiy hamkorlik markazi tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur ilm anjumanida Rossiya, Belarus, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlari ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari vakillari bilan bir qatorda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov ham ishtirok etmoqda.
Xalqaro konferensiyada “Tadqiqotlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari: loyiha faoliyatini tashkil etish va fanni moliyalashtirish”, “Markaziy Yevroosiyoda sharqshunoslik: holati va istiqbollari rivojlanish. Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti konsorsiumining hisobotini muhokama qilish”, “Sharq va afrikashunoslik yangi davr boshida: yutuq tadqiqot loyihalari”, “Anʼanani yangilash: Yaqin Sharqdan eng yaxshi tajribalar Yevroosiyoda tadqiqot”, “XXI asr sharqshunoslari uchun darsliklar: ular qanday bo'lishi kerak?” hamda “Ilmiy va ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida Yevroosiyoning Yaqin Sharq aholisi” kabi panel sessiyalariga boʻlingan holda ish olib bormoqda. Sohaga daxldor qator yoʻnalishlarda mutaxassislar oʻzaro fikr va tajriba almashishi ham koʻzda tutilgan.
Mazkur anjumanni o‘tkazishdan maqsad Yevroosiyo sharqshunoslari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi formatlari va yoʻnalishlarini izlash hamda sharqshunoslik sohasida xalqaro loyihalarni ishlab chiqish uchun zamin yaratishdan iborat.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish