22

Xalqaro akkreditatsiya – Akademiyaning xalqaro nufuzini oshirish sari tashlangan navbatdagi qadam

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Buyuk Britaniyaning Oliy ta’limda sifatni kafolatlash agentligi (Quality Assurance Agency for Higher Education – QAA) bilan hamkorlikda “Xalqaro akkrеditatsiya: yetakchi rahbarlar mulohazalari” mavzusida maxsus vebinar tashkil etildi.

“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan mazkur vebinarda QAA bosh ijrochi direktori Vicki Stott, Makao turizm universiteti rektori Fanny Vong (Xitoy), Ilg‘or ta’lim bo‘yicha Amirliklar kolleji prorektori May Al Taee (BAA), Maqsut Narikbayev universiteti Boshqaruv kengashi raisi Talgat Narikbayev (Qozog‘iston) hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Vebinarda QAAning oliy ta’lim muassasalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha talablari, institutsional va ta’lim dasturlari akkreditatsiyasi, akkreditatsiyadan o‘tish bosqichlari hamda Akademiyaning “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan dastlabki tadbirlar, xususan, ta’lim dasturlarini ESG – 2015 talablariga moslashtirish, ta’lim sifatini ichki va tashqi baholash mexanizmlarini takomillashtirish kabi masalalarda QAA ekspertlari bilan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish