74

Akademiya vakili xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan “Tojikistonlik olimlar va ziyolilarining islom madaniyati va sivilizatsiyasi rivojida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasining o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi Lutfullo Abdulqodirov “Markaziy Osiyo musulmon jamiyatidagi modernizatsiya jarayonlari (XIX asr oxiri XX asr boshi)” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

Xalqaro konferensiyada Tojikistonda joylashgan xalqaro tashkilotlarning doimiy vakillari, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Jazoir, Bangladesh, Bruney, Jibuti, Misr, O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Quvayt va Tojikiston oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari hamda ilmiy xodimlari ham ishtirok etmoqdalar.

Akademiya vakilining ma’ruzasi xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgan dunyo olimlarining alohida e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Lutfullo Abdulqodirov xalqaro konferensiyada dunyo olimlari tomonidan qilingan ma’ruzalar bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Izoh qoldirish