29

Jadidlar merosi – kelajagimiz poydevori

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida “Mustaqillik darslari” davom etmoqda.

Bugun 1-bosqich talabalari uchun “O‘zbekiston yoshlarini vatanparvar etib tarbiyalashda taraqqiyparvar jadidlar ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosining ahamiyati” mavzusida ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruza darsi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Saidafzal Saidjalolov tomonidan o‘tkazildi.

Maʼruzachilar tomonidan jadidlar ilgari surgan iqtisodiy islohotlar, mazkur islohotlar orqali jamiyatni rivojlantirishga oid konsepsiyalar haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, milliy uygʻonish va iqtisodiy yuksalish, jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy ilgari surgan bosh gʻoyalardan biri isrofgarchilikka qarshi kurashish, ortiqcha sarf-xarajatni oldini olish, farzandlarga taʼlim berish bilan birga tejamkorlikni ham oʻrgatmoq lozim ekanini taʼkidlaganini aytib oʻtdilar.

Tadbirda ularning shu yo‘lda fidoyilik ko‘rsatib, yangi usul maktablari, teatr va kutubxonalar, nashriyotlar ochgani, jamiyat a’zolarining dunyoqarashi va turmush tarzini o‘zgartirish maqsadida gazeta va jurnallar nashr etgani, yoshlarni ilg‘or davlatlarga o‘qishga yuborgani kabi jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish