32

Talabalar uchun “Mustaqillik darslari” boshlandi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2024/2025-o‘quv yili ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlandi. 

Ayni paytda Akademiyada “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida “Mustaqillik darslari” o‘tkazilmoqda. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etmoqdalar.

Darslar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi, istiqlolning qadri, mazmun-mohiyati, yurtdoshlarimiz taqdiridagi ahamiyati haqida ma’ruzalar qilindi.

Yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekani, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi.   

Shuningdek, mazkur darslarda yigit-qizlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan Uchinchi Renessansning mazmun-mohiyati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgani hayotiy misollar vositasida singdirildi. 

Bundan tashqari, talabalarga kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, Akademiyaning ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish