9

Xalqaro konferensiyaga maqolalar qabul qilinadi

2024-yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiya materiallari alohida toʻplam sifatida chop etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan konferensiya materiallari toʻplamida oʻz maqolalarini chop ettirish istagida boʻlgan yetuk ulamolar, iqtidorli imom-xatiblar, taʼlim muassasalarining mudarris-oʻqituvchilari, islomshunos olim va tadqiqotchilar, soha vakillari va salohiyatli talabalarni oʻzlarining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Tezis matnini rasmiylashtirish talablari:

1.  Tezis matni MS Office dasturining WORD 2010 muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligi, 1,5 intervalda boʻlishi va 4 betdan oshmasligi lozim.

2.  Tezis matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qogʻozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., oʻngdan 1,5 sm. joy qoldirib, 1 nusxada topshiriladi. Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi.

3.  Maʼruzachining ismi familiyasi, ilmiy daraja va unvoni (oʻng yuqori burchak, kursivda, 10 kegel kattaligidagi shrift, 1 interval), tashkilot va shahar nomi, muloqot telefonlari joy kodi bilan (ikkinchi qatorda) koʻrsatiladi. Soʻngra 1 interval qoldirib, tezisning nomi bosh harflar bilan yoziladi. Asosiy matn 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.

Talabgorlar tezislarini 2024-yil 20-sentabrga qadar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining tashkiliy qoʻmitasi: N.Saminova (telegram nomeri: 99 327-23-08)ga elektron nusxada yuborishlari mumkin.

Konferensiya mavzusi, ilmiylik va nashr etish talablariga javob bermaydigan tezislar chop etilmaydi.

Ilmiy tezis matnida keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir.

Izoh qoldirish