O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2025-yil uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 319-buyrug‘iga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2025-yil uchun qabul kvotalarini e’lon qiladi.
Ixtisosliklar doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga
2025-yil uchun umumiy kvota taqsimoti
№ | Ixtisosliklar | Doktorantura | Maqsadli | Stajyor-tadqiqotchilik | ||
(PhD) | (DSc) | (PhD) | (DSc) | |||
1 | 24.00.01. Islom tarixi va manbashunosligi | 2 | - | - | - | - |
2 | 24.00.02. Qur’onshunoslik Hadisshunoslik | 2 | - | 2 | - | 1 |
3 | 24.00.03. Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot | 2 | - | 3 | - | - |
4 | 24.00.04. | 2 | - | - | - | - |
5 | 07.00.04. | 2 | - | - | - | - |
6 | 19.00.07. Din psixologiyasi | 2 | - | - | - | - |
Jami: | 12 | 5 | 1 |
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik institutiga:
- Ariza (ilova qilinadi);
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- pasport nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi (tasdiqlangan ilovalari bilan);
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati(3-4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta OAK maqola, 2 ta tezis);
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi;
- Til sertifikati;
- Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.
Doktoranturaga:
- Ariza (ilova qilinadi);
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati(3-4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta OAK maqola, 2 ta tezis);
- Til sertifikati;
- Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.
Mustaqil izlanuvchilikka:
- Ariza (ilova qilinadi);
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplom nusxasi(tasdiklangan ilovalari bilan);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati(3-4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (PhD kamida 1 ta OAK maqola, 2 ta tezis; DSc 3 ta OAK maqola, 2 ta tezis );
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- ish joyidan tavsifnoma;
- Ilmiy izlanish mavzusi va asosnomasi.
Hujjatlar 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha https://daraja.ilmiy.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy.
Murojaat uchun telefon: (71) 244-00-56; (97) 343-44-52; (99)327-23-08.
- ilova
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
rektori U. G‘afurovga
Surxondaryo viloyati, Termiz tumani
Mustaqillik ko‘chasi 27-uyda
yashovchi ...................dan
ARIZA
Menga, 2025-yil uchun tayanch doktorantura, (maqsadli tayanch doktorantura) (PhD), doktorantura (DSc), stajyor-tadqiqotchilik institutiga e’lon qilingan tanlovda ___________ixtisoslik bo‘yicha ishtirok etishga ruxsat berishingizni so‘rayman.
IFSH imzo sana
Izoh qoldirish