65

Akademiyada Olmazor tumanidagi mahalla raislari uchun seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Olmazor tumanidagi mahalla raislari uchun “O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar Olmazor tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Saidafzal Saidjalolov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida yurtimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berilgani e'tirof etildi. 

Din va davlat munosabatlariga ta’rif berildi. Har bir inson, butun jamiyat o‘zaro munosabatlarni xalqlarning turli-tuman urf odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag‘rikenglik asosiga qurishi zarurligi, bag‘rikenglik taraqqiyot garovi ekani qayd etildi.

Lekin shunga qaramay, dinni niqob qilib olgan ayrim radikal guruhlar faoliyati, ularning asl maqsadlari haqida ma’lumot berildi. Bu borada mahalla raislari aholi, ayniqsa, yoshlarni ularning tajovuzlaridan himoya qilishi zarurligi, buning uchun mahalla faollarida yetarli bilim va tushuncha bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Seminar davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

Izoh qoldirish