Xorijiy fuqarolar uchun kirish imtihoni o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining xalqaro maydondagi imijini oshirish, salohiyatini namoyon etish barobarida xorijlik fuqarolarning Akademiyada tahsili ham tobora ortib bormoqda. Joriy yilgi qabul komissiyasiga ham Akademiyada o‘qish uchun xorijiy fuqarolar tomonidan arizalar kelib tushdi.
Shu maqsadda bugun Akademiyada bakalavr va magistratura yo‘nalishi uchun hujjat topshirgan xorijiy fuqarolar uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi.
Onlayn va oflayn formatda o‘tgan imtihon jarayonini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimlari adolatli va shaffof tarzda olib bordilar.
9 nafar xorijiy fuqaro Akademiyaning “Islomshunoslik”, “Islomshunoslik” rus guruhi, “Dinshunoslik”, “Axborot xavfsizligini boshqarish” bakalavriat yo‘nalishlariga, 6 nafari esa “Islomshunoslik”, “Qiyosiy dinshunoslik”, “Axborot xavfsizligi”, “Lingvistika” va “Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar” magistratura mutaxassisliklari uchun hujjat topshirdi.
Imtihon davomida abituriyentlarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, imtihon natijalari Akademiyaning rasmiy sayti hamda telegram kanali orqali e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish