89

“Registrator ofisi” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha оnlауn seminar o‘tkazildi

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi” faoliyatini tashkil etish” bo‘yicha оnlауn seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining 2024-yil 9-iyuldagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bo‘lib o‘tdi.

Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekanlari, o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Seminarda Yangi Oʻzbekiston universiteti oʻquv ishlar boshqarmasi (Registrator ofisi) direktori Rebekka Karter tomonidan “Registrator ofisi”ning ahamiyati, ofis direktorining roli va ushbu lavozim uchun zarur boʻlgan kompetensiyalar haqida” hamda Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti “Registrator ofisi” rahbari Nilufar Shernazarovaning “Registrator ofisi” faoliyatini tashkil etishda Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti tajribasi” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.

Seminar davomida mutasaddilar tomonidan “Registrator ofisi”ni tashkil etish toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, seminar o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish