Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish: tajribalar va istiqbol rejalar
Toshkent davlat agrar universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish: tajribalar va istiqbol rejalar” mavzusida respublika o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Talaba va o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida o‘tkazilgan seminarda oliy ta’lim muassasalarining yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.
O‘quv seminaridan ko‘zlangan maqsad – oliy ta’lim muassasalari yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshliqlari faoliyatidagi ustuvor vazifalarni belgilab berish, ularni samarali amalga oshirish borasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashish, yangi bilim, ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, shuningdek, soha xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan.
Seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova ham “Talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash” mazusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish