87

Akademiyada ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda yoshlarga, ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan yigit-qizlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarni har bir yosh oʻz hayot tarzida, faoliyatida his qilib turibdi. Ularning huquq va manfaatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham alohida mustahkamlab qoʻyilgan.

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga 2024-2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat yoʻnalishiga 15 nafar koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlardan arizalar kelib tushgan edi.

Akademiyada bakalavriat bosqichiga hujjat topshirgan koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi abituriyentlar uchun imtihoni boʻlib oʻtdi. Asosiy va majburiy fanlar doirasida abituriyentlar oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.

Imtihonlar shaffof va adolatli boʻlishi uchun alohida jihozlangan auditoriyada oʻtkazilib, maxsus tuzilgan komissiya aʼzolari tomonidan qabul qilindi. Ota-onalar esa imtihon jarayonlarini kuzatib bordi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra, koʻzi ojiz abituriyent imtihonda har bir fandan kamida “3” baho olsa, oʻqishga kirgan hisoblanadi. Bunday toifadagi shaxslar uchun davlat granti boʻyicha alohida kvota ajratilgan.

Kirish imtihon natijalari abituriyentga imtihon topshirgandan so‘ng ma’lum qilinadi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rasmiy saytida e’lon qilinadi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish