40

O‘zXIA hamda UNFPA: hamkorlik aloqalarida yangi davr

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining (UNFPA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili Nigina Abaszada boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev kutib oldi. 

Samimiy muloqotda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov Nigina Abaszadani yurtimizda, xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. 

Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasidagi hamkorlik haqida ma’lumot berildi. 

Qayd etish kerakki, tashkilot hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatilgan. 

Jumladan, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli o‘quv qo‘llanmaning ishlab chiqilgani buning yorqin misolidir.

Mazkur kitobdan islomda gender tenglik mohiyati, ayol huquqlari va erkinliklariga doir islom konsepsiyasi, islom huquqida ayolning huquqiy maqomini tadqiq etishga bag‘ishlangan maqolalar o‘rin olgan. Mazkur kitob bu sohadagi ilk tadqiqot hisoblanadi.

Samimiy muloqot davomida Nigora Abaszada Akademiya bilan hamkorlik aloqalaridan mamnunligini ta’kidladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va UNFPA hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar, istiqboldagi rejalar haqida fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari ko‘rsatilgan iltifot va yuqori darajadagi mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish