75

Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markazi faoliyati

“Ziyo” media markazi tomonidan 2024-yil yanvar-iyun oylari davomida “Oʻzbekiston” telekanali orqali “Imom Buxoriy Saboqlari” ruknida 22 ta, “Eʼtiqod mustahkamligi yoʻlida” ruknida 11 ta, “Dolzarb mavzu” ruknida, “Jaholatga qarshi maʼrifat” ezgu gʻoyasi asosida (yoshlarni ilm-maʼrifat, kasb-u hunarga yoʻnaltirish, turli yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, ularni milliy va umuminsoniy qadriyat va anʼanalar asosida kamol toptirishga doir) 3 ta maxsus koʻrsatuv va “Ramazon tuhfasi” ruknida 15 ta koʻrsatuv efirga uzatilgan.

Media markazning ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Maʼrifat ziyosi” ruknida 20 ta eshittirishlar, “Oʻzbekiston” radiokanalida “Imom Buxoriy oʻgitlari” ruknida 21 ta eshittirishlar, “Oriat dono” radiokanalida “Ziyo chashmasi” ruknida 21 ta eshittirishlar va “Ramazon tuhfasi” ruknida esa (“Oriat dono” radiokanali hamda “Ziyo.uz” saytida) jami 62 ta radiosuhbatlar tayyorlanib efirga uzatildi.

“Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida You Tube kanalidagi “Raddiyalar: notoʻgʻri talqin va asl mohiyat” sahifasida eʼlon qilish uchun tayyorlangan raddiya roliklari 100 ga yaqin, radikalizm va yot gʻoyalarga qarshi kurashish yoʻnalishida 3 ta koʻrsatuv, 50 dan ziyod ijtimoiy va inforolik, 

Ekstremizm gʻoyalari taʼsirida avval sodir etgan jinoyatlari uchun jazo oʻtayotgan, shuningdek, ozodlikka chiqqan, terrorchi tashkilotlar tarkibida sodir etgan ishlaridan astoydil pushaymon boʻlgan fuqarolar misolida yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya etishga yoʻnaltirilgan “Iqror manzili” loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Mazkur loiha doirasida 24 ta koʻrsatuv va 29 ta rolik tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatish tashkil etildi. 

“Oʻzbekiston 24” telekanali uchun diniy-maʼrifiy sohaga doir islohot va oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan 40 dan ziyod lavha hamda reportajlar tayyorlanib, efirga berildi.

Izoh qoldirish