Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda
2023-2024-oʻquv yilida 463 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir, 176 ta koʻrik tanlov va musobaqa, 164 ta sport musobaqa va bellashuvlar, 197 marotaba talabalarning teatr yoki muzeylarga tashrifi uyushtirilgan, respublikaning 10 ta viloyatida, 127 ta tuman, 540 ta MFY, 1632 ta umumtaʼlim maktabi, 48 ta oliy taʼlim muassasasida 1360 dan ortiq jaholatga qarshi maʼrifat targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Talabalarda sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida:
- “Temuriylar tarixi”, “Qatagʻon qurbonlari”, “Shon-sharaf” davlat muzeylari, “Abdulla Qodiriy” uy muzeyi, “Aloqa tarixi” muzeyi, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi kabi qadamjolarga 52 ta guruh talabalarining tashriflari uyushtirildi.
- vatanparvarlik gʻoyasi mujassam boʻlgan “Abdulla Qahhor”, “Abdulla Avloniy”, “Ilhaq”, “Vatan”, “Mahmudxoʻja Behbudiy”, “Ibrat” kabi oʻzbek filmlari namoyishlari tashkil etildi.
- 5 ta teatr (Alisher Navoiy nomidagi opera va balet Katta teatri, Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqiy drama teatri, A.Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri, Oʻzbekiston davlat satira teatri)ga talabalar (920), professor-oʻqituvchilar (26)ning 51 ta tashrifi uyushtirildi.
- 5 muhim tashabbus doirasida 44 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va uchrashuvlar tashkil etildi.
- 2023-2024 oʻquv yilida Akademiyada 27 ta fan toʻgaragi, 8 ta sport toʻgaragi, 4 ta sanʼat toʻgaragi, 4 ta maxsus toʻgarak (kitobxonlik, Ziyo yulduzlari, psixologik trening, Kompyuter savodxonligi) faoliyat olib bordi.
- “Jadidlar merosi bilimdoni”, “Temur tuzuklari bilimdoni”, “A.Navoiy asarlari bilimdoni”, “Boburiylar tarixi”, “Kitobxon talaba”, “Behbudiy merosi” “Konstitutsiya bilimdoni” kabi mavzularda 30 dan ortiq onlayn viktorina va tanlov oʻtkazildi.
Akademiya talabalari guruhlari “Zakovat” bellashuvida Toshkent shahri oliygohlari orasida 1-oʻrinni, “Munozara” respublika tanlovi mintaqaviy bosqichida 1-oʻrinni, “Maʼrifat maydoni” respublika tanlovining 3-mintaqaviy bosqichida 1-oʻrinni hamda tanlovning final bosqichida 4-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish