O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023-2024-o‘quv yilida o‘quv-uslubiy yo‘nalishda amalga oshirilgan faoliyat natijalari
2023/2024 o‘quv yilida 3 ta fakultet va 10 ta kafedrada jami 198 nafar professor-o‘qituvchi (shundan 134 nafar asosiy, 27 nafar ichki o‘rindosh, 37 nafar tashqi o‘rindosh) faoliyat olib bordi. Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi otmlarning PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan professor-o‘qituvchi 8 nafar hamda xorijiy o‘qituvchilar 10 nafarni tashkil etadi.
O‘quv yili yakuni bo‘yicha jami 2234 nafar talaba (shundan 565 nafar davlat granti, 1673 nafar to‘lov-kontrakt, 1072 nafar o‘g‘il va 1163 nafar talaba-qizlar, bakalavriat bosqichi 1-kursda 634 nafar, 2-kursda 788 nafar, 3-kursda 321 nafar, 4-kursda 284 nafar, magistratura bosqichida 1-kursda 97 nafar, 2-kursda 110 nafar) hamda 32 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.
Axborot-resurs markazi fondida 8594 nom 77 837 nusxada ilmiy, badiiy, o‘quv va boshqa turdagi adabiyotlari mavjud bo‘lib, o‘quv yili davomida byudjet mablag‘lari hisobidan 288 nom 1010 nusxada, professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan 40 nom 400 nusxada hamda O‘zbekiston musulmonlar idorasi, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar tomonidan beg‘araz berilgan 44 nom 132 nusxada adabiyotlar bilan boyitildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2022-yil 14-dekabrdagi 409-sonli va 2023-yil 20-dekabrdagi 535-son buyrug‘iga muvofiq 2023/2024-o‘quv yilida Bosh ilmiy-metodik markaz hamda tayanch oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan tarmoq markazlarida malaka oshirish kurslarida 45 nafar professor-o‘qituvchi ishtirok etib, 43 nafari muvaffaqiyatli yakunladi.
Akademiyada ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda o‘quv jarayoniga tadbiq etish maqsadida 32 nafar professor-o‘qituvchilar Misr, Hindiston, O‘mon Sultonligi, Qozog‘iston va Rossiya federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborildi. Shuningdek, 16 nafar xorijiy (Yaponiya, Xitoy, Misr, Tukiya, Qozog‘iston va Rossiya) professor-o‘qituvchilar Akademiya o‘quv jarayoniga jalb etildi.
2023/2024-o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasida 99 ta adabiyot (shundan 33 ta darslik, 59 ta o‘quv qo‘llanma va 7 ta uslubiy qo‘llanma) rejadan tashqari 16 ta rejadan tashqari (shundan 2 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma va 4 ta uslubiy qo‘llanma va izohli lug‘at) tayyorlandi.
O‘quv yilida auditoriya fondi 73taga yetkazildi va zamonaviy smart televizor va proyektorlar bilan jihozlandi. O‘quv mashg‘ulotlari taqdimot va videmateriallardan foydalangan holda olib borilishi uchun sharoit yaratildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tasdiqlangan reja asosida 152 ta ochiq darslar tashkil etildi. Xorijiy mutaxassislar, hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va soha vakillari ishtirokida 118 ta binar darslar, shuningdek, fan mavzusiga bog‘liq bo‘lgan muassasalarda 59 ta sayyor darslar tashkil etildi.
Izoh qoldirish