69

Yoshlar masalasi – millat taqdiri

Bugun Yoshlar ijod saroyida mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalari, bu borada joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va oldinda turgan muhim vazifalar bo‘yicha  muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibidan “otaliqqa” olingan, “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlashdagi holatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yoshlar jinoyatchiligi, bandligi hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi mas’ullarning axboroti tinglandi. “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari haqida ma’lumot berildi.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlar bilan ishlashdagi ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “G‘alaba”, “Chilto‘g‘on”, “Istiqbol”, “Chinobod” hamda “Chig‘atoy darvoza” MFYdagi davlat koʻmagiga muhtoj “ogʻir” toifadagi 19 nafar yosh biriktirilgan edi.

O‘tgan vaqt davomida Akademiya rahbariyati va yoshlar ishtirokida bir necha marotaba “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari o‘tkazildi. Mahallalarga chiqib, yoshlarning oilaviy ahvoli, muammo va kamchiliklari o‘rganildi. Bu esa jamiyatimizda hech bir yosh e’tibordan chetda qolmasligidan dalolatdir.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Olmazor tumani umumtaʼlim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash, ularga uslubiy koʻmak berish maqsadida Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalarini biriktirish masalasi koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga tumandagi 119-maktab biriktirildi. 

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimi o‘rinbosarlarining yo‘nalish bo‘yicha bajarilgan ishlari tinglanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish