55

Akademiya olimlari Turkiyadagi malaka oshirish o‘quvlarda qatnashmoqda

Joriy yilning 5-30-avgust kunlari Turkiya Respublikasining Islom tafakkuri institutida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tadi.

“III Movarounnahr seminarlari” mavzusidagi mazkur o‘quvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Durbek Rahimjonov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Doston Mustafoyev hamda yurtimizdagi ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, ushbu safarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tatariston va Tojikiston Respublikalaridan ham diniy soha xodimlari, dinshunoslik, Islomshunoslik, islom tarixi va manbashunosligi sohalari bo‘yicha mutaxassislar ham qatnashmoqda.

Bugun Islom tafakkuri instituti rektori, professor Mehmet Go‘rmez delegatsiya a’zolarini kutib oldi.

Uchrashuv davomida Mehmet Go‘rmez yurtimiz olim va tadqiqotchilarini ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi. Mazkur dastur orqali tadqiqotchilar turli ilmiy, intellektual va madaniy muhitdan bahramand boʻlib, oʻzaro bilim, koʻnikma va tajriba almashishlarini ta’kidladi. Bu esa qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi azaliy doʻstlikni mustahkamlashga xizmat qilishini e’tirof etdi.

Samimiy muloqot davomida Akademiya vakillari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, o‘quvlar davomida Anqaradagi boshqa turdosh tashkilotlarga tashriflar bilan birga Konya, Bursa va Istanbulga ham ilmiy sayohatlar uyushtiriladi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish