Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish – eng asosiy masala
2023-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilgan edi. Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlar bilan ishlashda ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
Shunga muvofiq, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “G‘alaba”, “Chilto‘g‘on”, “Istiqbol”, “Chinobod” hamda “Chig‘atoy darvoza” MFYdagi davlat koʻmagiga muhtoj “ogʻir” toifadagi 19 nafar yosh biriktirildi.
Bugun shu maqsadda Olmazor tumani hokimligi bilan hamkorlikda “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov oʻtgan vaqt davomida mahallabay, xonadonbay tarzida yoshlarning muammolari, murojaatlari har tomonlama oʻrganilib, “ogʻir” toifadagi yoshlarni kasb-hunar oʻrganishiga, kredit, subsidiya va kafillik olish orqali bandligini taʼminlashga yordam berilganligini taʼkidlab oʻtdi.
Probatsiya nazoratida turgan 19 nafar yoshni shu kunga qadar 2 nafari profilaktik nazoratdan chiqarilgan boʻlsa, bugungi uchrashuvdan soʻng yana 4 nafari probatsiya guruhi nazoratidan chiqarilishini bildirdi.
Ochiq muloqotda yoshlarning tadbirkorlik, bandlik va boshqa bir qator masalalarga oid muammolari yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish