73

Akademiya Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muassasa Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, soha prorektorlari, Kasaba uyushmasi raisi Yusufjon Sodiqov, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibida Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Yusufjon Sodiqovning hisoboti tinglandi. O‘tgan yil davomida Akademiya Kasaba uyushmasi tomonidan bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Majlis davomida yangi jamoa shartnomasining taqdimoti, Akademiya yangi ichki tartib-qoidalarining muhokamasi va tasdiqlanishi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi a’zolari saylandi.

Izoh qoldirish