71

Akademiya rektori “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” nomli seminarda ma’ruza qildi

Olmazor tumani hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlari tomonidan Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning ma'naviyati va madaniyatini yanada yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida  “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminarda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultanova, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarga “O'zbekistonda yangi ma’naviy makonni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar”, “Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati”, “Shukronalik tuyg‘usini shakllantirishning zarurati”, "Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi" mavzularida tushuntirish berilib, ayol – oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki ekani haqida fikrlar bildirildi.

Izoh qoldirish