Yoshlarning ertangi taqdiri har doim e’tibor markazida
Yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb qilish bugungi kundagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu jarayonda esa nafaqat ota-ona, balki ustoz-murabbiylar, barcha faol ishtirok etishi zarur.
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi Akademiya mas’ullari yoshlar bilan ishlash natijadorligini oshirish bo‘yicha Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi “G‘alaba”, “Chilto‘g‘on”, “Istiqbol”, “Chinniobod” hamda “Chig‘atoy darvoza” MFYdagi o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdilar.
Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbirni Akademiya rektori ochib, yoshlar siyosati, ularga qaratilayotgan keng qamrovli e’tibor, Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshlangan ushbu xayrli loyiha, muammoli yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishiga katta zamin yaratishini alohida ta’kidladi.
Akademiyaga Omazor tumanidagi 5 ta mahalladan 19 nafar yosh biriktirilgan bo‘lib, ular bilan manzilli ishlash borasida harakatlar olib borilmoqda.
Uchrashuv davomida kelajagimiz ertasi – yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularning muammo va kamchiliklarini bartaraf etish haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yoshlarni kasb-hunar, ilm-fan, chet tillariga o‘qitish, bandligini ta’minlash bilan bog‘liq asosiy muammolari o‘rganildi. Bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Yoshlarning muammosi va takliflari eshitildi. Akademiya rektori tomonidan yoshlarning o‘qish va ishlarini davom ettirishlari bilan bog'liq ijobiy takliflar berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish