91

Akademiya rektori “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” nomli seminarda ma’ruza qildi

Uchtepa, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hokim oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlari tomonidan “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminarda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultanova, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari ma'ruza bilan ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarga “Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy va ma’rifiy islohotlar”, “Xotin-qizlar ma’rifati – mamlakat taraqqiyoti poydevori” mavzularida tushuntirish berilib, ayol – oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki ekani haqida fikrlar bildirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish