107

“Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” forumi ish boshladi

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻtkazilgan diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi masalalarga bagʻishlangan yigʻilishda davlatimiz rahbari qator masalalarga toʻxtalib, jumladan, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyini sohaga oid chuqur maʼno va yuksak mazmunga ega boʻlgan eksponatlar bilan boyitish vazifasi qoʻyildi.

Shu maqsadda bugun Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” mavzusida ish boshlagan forumda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi bir guruh olimlar faol ishtirok etdi.

Forum doirasida Markaz muzeyi boʻlimlarining kengaytirilgan yigʻilishlari boʻlib oʻtdi. Shoʻbalarga boʻlingan holda oʻtkazilgan seminarlarda “Islom dinining shakllanishi va Markaziy Osiyoda yoyilishi”, “Markaziy Osiyoda taʼlim tarixi”, “Shaharsozlik va meʼmorchilik” boʻlimlari mutaxassislari muzeyga joylashtiriladigan eksponatlar haqida oʻz taqdimot va loyihalarini namoyish etdilar. 

Ishchi guruhga taklif etilgan soha mutaxassislari, olim va tadqiqotchilar muhokamaga tashlangan masalalarga oʻz munosabatlari, fikrlari va takliflarini berib oʻtdilar.

Izoh qoldirish