105

Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” tamoyili asosida xotin-qizlarimizning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. 

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tashkil etildi.

Seminarda, Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultanova, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari hamda talabalar ishtirok etdilar.

Qatnashchilarga “Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy va ma’rifiy islohotlar”, “Xotin-qizlar ma’rifati – mamlakat taraqqiyoti poydevori” mavzularida tushuntirish berilib, mamlakatimizda ayolga bo‘lgan munosabat o‘z tarixiy ildizlariga egaligi, ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki ekanligi haqida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, tadbir davomida Akademiya hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan kitoblar ko‘rgamazi namoyish etildi.

Izoh qoldirish