86

Akademiyada ziyorat turizmi yosh gid-tarjimonlari uchun maxsus seminar kurslar tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ziyorat turizmining bo‘lajak mutaxassislari uchun haftalik maxsus seminar kurslar tashkil etildi.

Ushbu maxsus seminar kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan vazifalar ijrosi yuzasidan tashkil etildi.

Maxsus seminar kurslarining dastlabki kunida “O‘zbekistondagi diniy bag‘rikenglik yutuqlari”, “Ziyorat obyektlari va ularni tasniflash” mavzularida seminar mashg‘ulotlar hamda jamoani shakllantirish bo‘yicha psixologik trening o‘tkazildi. 

Mashg‘ulotlar yuqori salohiyat va ko‘p yillik amaliy tajribaga ega professor-o‘qituvchilar va sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Kursdan maqsad turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislarning ziyorat turizmini tashkil etish, ziyorat obyektlari va ularning tasnifi, turli din vakillari bilan muloqot o‘rnatish hamda ularga sifatli xizmat ko‘rsatish xususiyatlari, ziyorat odoblari bo‘yicha bilimlar berish va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Izoh qoldirish