108

Akademiya rektori harbiy xizmatchilarga ma’ruza qildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.

72 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.

Bugun malaka oshirish tinglovchilariga Akademiya rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un G‘afurov “Kibermakondagi diniy kontentning mazmuni: mo‘tadillik va mutaassiblik chegarasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada yoshlar hayotini band etgan internet tarmog‘idagi sayt va guruhlar mazmuni, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tahlil etish va tarqatish madaniyati, diniy ma’lumotlarni rasmiy saytlardan olish hamda noma’lum tarmoqlardan saqlanish kabi masalalarda ma’lumotlar yetkazildi.

Mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili va unda O‘zbekistonning pozitsiyasi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash, ularning oila a’zolarini turli radikal g‘oyalar ta’siridan muhofaza qilish usullari hamda ofitserlarning sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish