Talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish muntazamlik kasb etgan. Bugun ham “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Bilim bellashuvini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov ochib berdi.
Akademiya prorektori so‘nggi yillarda “Zakovat” intellektual o‘yini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tobora ommalashib borayotganini e’tirof etdi.
Darhaqiqat, yurtimizda iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, intellektual salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yilning 20-yanvarida “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi.
Yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlarni rivojlantirish, ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, tafakkur salohiyatlarini yuksaltirishga qaratilgan mazkur o‘yinda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish