106

Jaholatga ma’rifat bilan kurashamiz

“Jaholatga qarshi maʼrifat” ma’naviy-ma’rifiy targʻibot tadbirlari Samarqand, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlarida davom etdi.

Davra suhbatlarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori Matluba Kaxxarova, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD G‘ayrat Rasulov hamda “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Akmalxon Akmalxonov tomonidan “Missionerlik va prozelitizm – maʼnaviy xavfsizligimizga tahdid”, “Jaholatga qarshi maʼrifat”, “Mahallalardagi ayollar orasida radikallashuvni oldini olish masalalari”, “Ta’lim bu – najot” kabi mavzularda so‘z yuritildi.

Targʻibot tadbirlari davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va yosh avlodni turli yot oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish, ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl koʻrinishlari hamda Vatanga muhabbat, tinchlikni qadriga yetish va shukronalik hissini uygʻotish kabi mavzularda maʼruza qilindi.

Uchrashuvda ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarga masʼullardan kerakli javoblar olishdi.

Tadbir yakunida “Tinchlik qadri” nomli videorolik namoyish etildi.

Izoh qoldirish