67

Akademiyada magistrlik dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023/2024-o‘quv yili magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘yicha yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi o‘z ishini boshladi.

Jumladan, bugun “Qiyosiy dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Lingvistika”, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” hamda “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (arab tili)” kabi yo‘nalishlarda magistrlik dissertatsiyasi himoyalari o‘tkazildi. 

Bitiruvchilarning dissertatsiyalari “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olishga qaratilgan mavzularda bo‘lib, islom olamining bugungi kundagi muammolariga ilmiy yechim berishga qaratilgan.

Izoh qoldirish