Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan-da muhim
Jaholatga_qarshi_ma’rifat
Bugungi kunda dunyoda kechayotgan chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash maqsadida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Poytaxtimizning Olmazor tumani “Taraqqiyot” MFYdagi 133-umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’ruza qildi.
Akademiya rektori tomonidan yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm, radikalizm kabi salbiy illatlardan ogohlantirish va asrash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Jamiyatda “jaholatga qarshi ma’rifat” kabi ulug‘vor g‘oyani shior qilib, yurt tinchligi va taraqqiyotida yoshlarimiz o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi, barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidlashdi.
Uchrashuvda “Islom – ma’rifat dini”, “Ilmdan boshqa najot yo‘q”, “Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” kabi mavzulardagi ma’ruzalar ham tinglandi.
Tadbir yakunida Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda aholi o‘rtasida samimiy va jonli muloqot o‘rnatilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish