65

Talabalarning o‘quv-tanishuv amaliyoti boshlandi

Bugundan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-bosqich talabalarining o‘quv-tanishuv amaliyoti boshlandi.

Akademiya talabalari amaliyot jarayonida poytaxtimizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxonalarga tashrif buyurib, muassasa faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.

Jumladan, bugun “Islom iqtisodiyoti va moliyasi”, “Turizm (ziyorat turizmi)” hamda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi talabalari ustozlari hamrohligida Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS)ga tashrif buyurdilar.

O‘quv-tanishuv amaliyoti doirasida talabalarga institutning tuzilmasi, axborot-resurs markazi, sport komplekslari hamda “Biznes incubator” xonasi faoliyati bo‘yicha “Camping tour” o‘tkazildi. 

Shuningdek, institutning “Biznes va menejment maktabi” direktori Ashgar Mexmed Sufyon tomonidan “Turizmda marketing” mavzusida vebinar tashkil etildi.

Izoh qoldirish