60

Jaholatga ma’rifat bilan kurashmoq lozim

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Saidafzal Saidjalolov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ushbu davra suhbati Agentlik xodimlari uchun diniy oqimlar, zararli g‘oyalarga qarshi kurashish, ular ongida mafkuraviy immunitetini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. 

Davra suhbatida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berilib, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda diniy ekstremizm, terrorizm, radikalizm kabi salbiy illatlardan ogohlantirish va asrash muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Izoh qoldirish