61

Akademiya prorektori O‘sh davlat universitetining 85 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi

Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetida “Biznes, ta'lim iqtisodiyoti, fan va davlat organlari: yangi hududlarning rivojlanish imkoniyatlari va yo‘llari” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi.

O‘sh davlat universiteti tashkil etilganining 85 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda mintaqa mamlakatlaridagi oliy ta'lim muassasalarining rektorlari, prorektorlari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev ham ishtirok etdi.

Anjumandan avval universitet tarixi va buguni aks etgan ko‘rgazma tashkil etildi.

Zokirjon Ro‘ziyev O‘sh davlat universiteti rektori Kudayberdi Kojobekovni universitetning yubileyi bilan qutlab, Akademiya rektorining samimiy tabrigini yetkazdi. 

Izoh qoldirish