52

Akademiya mutaxassislari nufuzli mehmonga tarjimonlik qilmoqda

Ayni paytda yurtimizda Misr Arab Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘lib turibdi.

Delegatsiya a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi oʻqituvchilari – Bahodir Pirmuhamedov hamda Bahrom Daminov sinxron tarjimon sifatida ishtirok etdilar.

Muloqotdan so‘ng nufuzli mehmon “Yangi O‘zbekiston” majmuasiga tashrif buyurdi.

Majmuani koʻzdan kechirish davomida Akademiya mutaxassislari Misr Arab Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Abdulvahob Abdulroziqga ushbu meʼmoriy ansambl mazmuni va oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumot berdilar.

Izoh qoldirish