118

O‘mon Sultonligida yurtimizning urf-odatlari, sayyohlik imkoniyatlari namoyish etildi

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Zuhra Aripova boshchiligidagi vakillarimiz O‘mon Sultonligining Sulton Qobus universitetida malaka oshirmoqda.

Safar doirasida Akademiya vakillari O‘zbekiston madaniyatini targ‘ib qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etib, yurtimizning sayyohlik imkoniyatlari, milliy an’analari, taomlarini namoyish etdilar.

Tadbir davomida xalqimizning milliy udumlaridan biri bo‘lgan “Kelin salom” marosimi yig‘ilganlarga taqdim etildi. 

Tomoshabinlar O‘zbekistonning boy madaniy merosi, urf-odatlari, milliy qadriyatlarini yuqori baholadilar.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Abdusalom Hotamov boshchiligidagi elchixona xodimlari ham ishtirok etdilar. 

Yakunda vakillarimizga O‘mon Sultonligi Kengashi a’zosi, Manah shtati vakili Muhammad bin Salim As-Sulaymoniy tomonidan sertifikat topshirildi. 

Izoh qoldirish