Musulmon mutafakkirlarining ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi va uning bugungi kundagi dolzarbligi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti bilan hamkorlikda “Musulmon mutafakkirlarining ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi va uning bugungi kundagi dolzarbligi” mavzusida IV xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdilar.
Seminarda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, professor Fariza Sham, O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Karomiddin Gadoyev so‘zga chiqib, simpozium ishiga muvaffaqiyat tiladilar.
Onlayn va oflayn shaklda o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy seminarda Malayziya milliy universiteti, Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti vakillari, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, olimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Simpozium davomida “Al Balxiy va Malik Badriyning ruhiy salomatlik sohasidagi o‘rni”, “Ibn Sino davri san’atida islomgacha bo‘lgan san’at mavzularining yangi talqini”, “Atrof-muhit barqarorligiga nisbatan islomiy tamoyil”, “Ibn Sinoning Nur surasining psixo-falsafiy talqini”, “Yoshlik, texnologiya va etologik tushunchalar: Islom sivilizatsiyasi merosi boʻyicha sayohat”, “Abdulmajidxon Eshonning Toshkent tasavvufiy muhiti rivojida tutgan oʻrni”, “Oʻrta Osiyo tasavvufida ayollar: Qoʻqon soʻfiy shoirlari Niso va Xoniy asarlari misolida”, “Arab filologiyasining lugʻaviy tajribalarini umumlashtirish uchun muhim manba “Sabʻatul-abhur” (Yetti dengiz) Alisher Navoiy” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Seminar davomida mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. O‘zaro savol-javob, bahs-munozaralarda ostida o‘tgan anjuman ishtirokchilar uchun foydali bo‘ldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish