119

Professor-o‘qituvchilarimiz xalqaro simpoziumda qatnashmoqda

Qozog‘istonning Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida “Turk dunyosining yangilanish davridagi fikriy harakatlar” nomli xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur simpoziumning ochilish marosimidan so‘ng turli shoʻbalar doirasida anjumanlar tashkil etildi. Unda Akademiya professor-oʻqituvchilari –  Roziya Matibayeva, Gavhar Fuzailova, Iroda Gʻofurova, Yulduzxon Dosjanova, Ne’matillo Muhamedov, Avazbek G‘aniyev, Shuhrat To‘xtiyev hamda Ziyodilla Zinatullayevlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.


Simpoziumda “Qaldirgach-Biy (Tole-Biy) maqbarasi – Shayx Xovand Tohur majmuasining madaniy yodgorligi sifatida”, “Markaziy Osiyo shia jamoalarining xususiyatlari”, “Abu Rayhon Beruniy “Asar al-Bakiya” asarining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni”, “Islom davri boshqaruv tizimining birinchi Uygʻonish davriga taʼsiri”, “Abu Hanifa manoqiblari”, “Turkiston konfessiyalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar”, “Sharq Uygʻonish davri va uning madaniy merosi” hamda “O‘smirlarning deviant xulq-atvori sabablari” kabi ma’ruzalar tinglandi.

Izoh qoldirish