85

Akademiya vakillari “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi targ‘ibot tadbirlarida qatnashmoqda

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Bogʻ” MFYda joylashgan 82-umumiy oʻrta taʼlim maktabida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova hamda Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Tibbiyot birlashmasi faollar zalida “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Jasurbek Abduqodirov tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda ma’ruzachilar tomonidan ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, turli diniy ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishni oldini olish, muqaddas milliy qadriyatlarimizga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tahdidlarga qarshi kurashish bugungi kun talabi ekani ta’kidlandi.

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, ekstremizm va terrorizmning inson ongiga taʼsiri, yoshlar va xotin-qizlarni buzgʻunchi va yot gʻoyalar taʼsiridan asrash, ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish borasida ham targʻibot ishlari amalga oshirildi.

Tadbir yakunida savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

Izoh qoldirish